Afg‘oniston poytaxti Qobulning diplomatik kvartalidagi portlashlar raketa hujumlari natijasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, raketalardan biri AQSh elchixonasi joylashgan hududga, ikkinchisi Ispaniya elchixonasi joylashgan Sherpur hududiga, uchinchisi esa shahar markazi yaqiniga tushgan.
Aviahujumlar sodir etilishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi sirena tovushi eshitilganligi ta’kidlanmoqda.
Hujum Bagram shahridagi NATO aviabazasi yaqinida sodir etilgan xudkush hujumidan so‘ng, bir necha soat o‘tib sodir etilgan.
Avvalroq Qobul diplomatik kvartalida ikkita portlash yuz berganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)