Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov xavfsizlik kamarini taqmasdan avtomobil haydaganligi uchun Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Jarimaga tortish uchun Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan videorolik sabab bo‘ldi.
“Dunyoda ideal odamlar yo‘q, biroq biz shunga hayotimiz davomida intilishimiz lozim. Afsuski, xatolar menda ham uchrab turadi. Kimdir videoda rulda xavfsizlik kamarini taqmasdan o‘tirganligimni payqabdi. Bu holat Checheniston Respublikasi IIV YHXDI boshqarmasi boshlig‘i Shamxan Denilxanovga ma’lum bo‘lgandan so‘ng, polkovnik bunga tezkorlik bilan chora ko‘rdi. Bayonnoma tuzilib, jarima belgilandi. 21-dekabr, dushanba kuni men uni albatta to‘layman. Polkovnik meni vajlarimni tinglab ham o‘tirmadi. Qoidani buzdingmi, jarima to‘la, muhokamani keyin qilamiz, dedi u”, — deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Izoh (0)