Checheniston rahbari Ramzan Qodirov sport sohasiga, ayniqsa, yakka kurashga bo‘lgan qiziqishi bilan mashhur hisoblanadi. Sparringlardan birida u yaqinda UFC kurashchilari qatoriga yozilgan o‘rta vazn sohibi Abdul Kerim Edilovni nokautga uchratdi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar beradi.
“Mashq qilish jarayoni qunt bilan shug‘ullanishni talab qiladi. Bugun ham Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Qodirov bilan bo‘lib o‘tgan mashg‘ulot jarayoni qizg‘in kechdi. Ramzan Qodirov bilan zalda shug‘ullanish jarayonida oltin qoida o‘rnatilgan: hamma teng hisoblanadi, ya’ni mansab, lavozim va ko‘rsatilgan xizmatlar sportzaldan tashqarida qoladi.
Agar siz kimdir kimgadir rahm qiladi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ringda haqiqiy kurash o‘tadi. Bugun menga omad kulmadi. Ramzan Axmatovichning qaqshatkich zarbasidan so‘ng, men haqiqiy, chuqur nokautga uchradim”, — deb yozdi Abdul Kerim Edilov.
https://www.youtube.com/watch?v=5FHLICrx1kQ
Izoh (0)