Rossiya prezidenti Vladimir Putin videokamera sovg‘a qilgan kareliyalik o‘quvchi qiz Kareliya parlamentining vitse-spikeri, “Spravedlivaya Rossiya” partiyasining hududiy bo‘linma rahbari Irina Petelyaevaning qarindoshi ekanligi aniqlandi. Bu haqda FlashNord bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
O‘quvchi qiz Irina Nikitenkova Irina Petelyaevaning turmush o‘rtog‘ining jiyani bo‘lganligi uchun, uning qarindoshi bo‘lib hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kareliyalik 10 yoshli o‘quvchi qiz Irina Nikitenkovaga videokamera sovg‘a qilgan edi.
Izoh (0)