Filippin vakilasi Piya Alonso Vurtsbax “Olam go‘zali — 2015” tanlovining g‘olibasi bo‘ldi. Bu haqda Fox telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Boshlovchining xatosi tufayli toj Kolumbiya vakilasiga berilib, unda bir necha daqiqaga qolib ketdi. Keyinchalik, haqiqiy g‘oliba e’lon qilinib, u 26 yoshli Vurtsbax bo‘lib chiqdi. Filippin-nemis millatiga mansub model Germaniyada tavallud topgan.
G‘olibaga tojni 2014-yilgi “Olam go‘zali” kolumbiyalik Paulina Vega topshirdi.
Unvon uchun 80 mamlakat vakilalari kuch sinashdi. Vitse-go‘zal unvoni Kolumbiya vakilasi Ariadna Gutiyerega berilib, ikkinchi vitse-go‘zal unvoni amerikalik 27 yoshli Oliviya Jordanga nasib qildi.
Izoh (0)