“Olam go‘zali – 2015” tanlovining ishtirokchilari boshlovchining ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan kolumbiyalik ishtirokchini anglashilmovchilik tufayli g‘oliba deb e’lon qilganligi uchun uzr so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Tanlovning final bosqichida boshlovchi Stiv Xarvi “Olam go‘zali – 2015” unvonini kolumbiyalik Ariadna Gutiyere qo‘lga kiritganligini e’lon qildi. Qizga guldasta va toj berilgach, u bir necha daqiqa davomida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib turdi. Shundan keyingina, Xarvi o‘zining xatosini to‘g‘riladi va toj hijolatda qolgan Filippin go‘zali Piya Alonso Vurtsbaxga berildi.
Tashkilotchilar Kolumbiya go‘zali, Filippin go‘zali, ularning yaqinlari va ixlosmandlaridan kechirim so‘radi. Shu bilan birga ular Filippin go‘zalini “Olam go‘zali – 2015” tanlovida g‘oliba bo‘lgani bilan tabrikladi.
Sahna ortida g‘oliba taqdirlash marosimi noodatiy bo‘lganligini tan oldi. Vitse-go‘zal unvoni sohibasi Gutiyere esa, har bir narsaning sababi bo‘lishini, shunga qaramasdan, u xursand ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)