Papua-Yangi Gvineya aholisi dengiz toshbaqasini ov qilish bilan shug‘ullanib keladi. Shu bilan birga, tutib olingan jonivorlarni xarid qilib, ularni dengizga qaytarib qo‘yib yuboradigan odamlar ham bor. Bu haqda Twizz xabar qilmoqda.
Shundaylardan biri Mark ismli shaxs bozorda ikkita katta toshbaqani 50 dollarga xarid qildi va yo‘ldan 5 kilometr uzoqlikda ozodlikka qo‘yib yubordi.
Ma’lum qilinishicha, Mark o‘zining xodimi bilan birgalikda hozirga qadar o‘nta toshbaqaning hayotini saqlab qoldi.
Dengiz toshbaqasining yettita turi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Shunga qaramasdan, ayrim hududlarda bu jonivorlarga ov qilish qonun bilan taqiqlanmagan.
Izoh (0)