Livan tomonidan o‘qqa tutilganga javoban Isroil harbiylari artilleriyadan o‘t ochdi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Harbiylar avvalroq Isroil hududida sodir etilgan raketa hujumi uchun javobgarlikni Livan hukumatiga yuklamoqda. Shuningdek, ular mamlakat suvereniteti va uning fuqarolari xavfsizligini buzishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshilik ko‘rsatishni davom ettirishini ma’lum qildi.
Avvalroq Isroilning shimoliy hududi raketa hujumiga uchraganligi ma’lum qilingan edi. Raketalar Livan hududidan uchirilganligi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)