Xitoy poytaxti Pekinda zaharlangan havo tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori ― “qizil” darajasi yana bir marta joriy qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Shahar hukumati barcha maktab va fabrikalarning faoliyatini to‘xtatish va shaxsiy avtomashinalarning harakatini cheklash haqida qaror qabul qildi.
19-dekabr, shanba kuni havo tarkibidagi zararli moddalarning konsentratsiyasi bir kub metrga 260 mikrogrammni tashkil etib, kunning ikkinchi yarmida bu ko‘rsatkich 140 mkg/m3 ga tushdi.
Yuqori xavflilik darajasi 22-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamning sog‘lig‘iga xavfli bo‘lmagan havoning zararlanish miqdori 25 mkg/m3 ko‘rsatkichdan oshmasligi kerak, deb hisoblaydi.
Zaharli havoning asosiy qismi qo‘shni sanoatlashgan hududlardan kelayotganligi sababli Pekin iqlimining zaharlanishiga qarshi kurashish ishlari murakkablashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pekinda havoning ifloslanganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasi ikki marta e’lon qilingandi.
Izoh (0)