Rossiyaning Perm shahrida it bir necha soat podyezdda noxosdan vafot etgan egasini qo‘riqladi. Erkakning jasadi 18-dekabr tongida Vosstaniya ko‘chasidagi uylardan birida topildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Hodisa guvohlarining qutqaruvchilarga ma’lum qilishicha, yettinchi qavatdagi liftda erkak kishi vafot etgan. Uning oyog‘i maydonchada qolib ketganligi uchun liftning eshigi yopilmagan. Erkakning atrofida chopib yurgan katta it egasini qo‘riqlab, uni yoniga hech kimni qo‘ymagan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar itni tashqariga chiqarib, erkak kishini ko‘zdan kechirdi. 79 yoshli nafaqaxo‘rning vafot etganligi aniqlandi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, jasaddan qotillik izlari topilmagan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)