“Olam go‘zali — 2015” tanlovi g‘oliblari internetda o‘zlarining makiyajsiz suratlarini namoyish etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tanlov finali arafasida unda ishtirok etayotgan 10 qiz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o‘z tabiiy go‘zalliklari aks etgan suratlarni joylashtirdi. Fotosuratlarga #ConfidentlyBeautiful xeshtegi ilova qilingan.
O‘zining haqiqiy husnini ko‘rsatishdan qo‘rqmagan tanlov ishtirokchilari orasida Argentina, Avstraliya, Indoneziya, Hindiston, shuningdek, boshqa mamlakatlarning vakillari bor.
Qizlar o‘zlarining bu suratlari bilan ularning go‘zalligi pardozlangan chehra emas, balki undan-da yuqoriroq jihat ekanligiga e’tibor qaratishga uringan.
Izoh (0)