Pekin hukumati 18-dekabr, juma kuni havo sifatining yaqin uch kun ichida yomonlashuvi munosabati bilan ogohlantirishning “qizil” darajasini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, rangli shkala joriy etilgandan so‘ng, “qizil” daraja ikkinchi marta e’lon qilinmoqda. Birinchi marta ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasi 6-dekabr kuni bir necha kunga joriy etilgan edi.
Pekin meteorologiya xizmatining e’lonida ushbu davrda aholiga avtomobillardan foydalanish taqiqlanganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, ular maktablardagi o‘quv-mashg‘ulotlarini bekor qilishni taklif qilmoqda.
Izoh (0)