“Chelsi” rahbariyati “Bavariya” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga kelgusi mavsumning boshidan jamoaga rahbarlik qilish taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Gvardiola Angliyada, jumladan “Chelsi”da ishlashga qarshi emas, biroq uning bir sharti borligi ma’lum qilinmoqda. Ispaniyalik murabbiy jamoaga o‘n nafar yangi futbolchini olishni talab qildi. “Chelsi” rahbariyati uning bu talabiga qanday munosabat bildirganligi ma’lum qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo iste’foga chiqarilganligi ma’lum qilingan edi. Gollandiyalik mutaxassis Gus Xiddink “Chelsi”ni mavsum oxirigacha boshqaradigan bo‘ldi.
Izoh (0)