BMT bolalar fondining hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha tug‘ilayotgan go‘daklarning har sakkizinchisi harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan hududda dunyoga kelmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Hisobotda ma’lum qilinishicha, 2015-yilda mojarolar yuz berayotgan hududlarda 16,6 millionga yaqin bola tug‘ilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 200 mingga oshgan. YuNISEF mutaxassislarining fikricha, keyingi yilda ushbu hududlarda 16,7 million nafar go‘dakning dunyoga kelishi kutilmoqda.
“Harbiy to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Iroq, Janubiy Sudan, Suriya va Yaman kabi davlatlarda go‘daklar va ularning onalari jang maydonini tark etish davomida jiddiy xatarlarga duch kelmoqda. Onalarning tibbiy yordamsiz, sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitlarda ko‘zi yorimoqda. Ularning farzandlari besh yoshgacha bo‘lgan muddat ichida vafot etishi ehtimoldan xoli emas”, ― deyiladi YuNISEF hisobotida.
Izoh (0)