Rossiyaning Tver shahrida yashovchi erkak Qizil maydonda o‘ziga o‘t qo‘yishga urindi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organdagi manbasiga tayanib “Interfaks” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, 16-dekabr, chorshanba kuni tongda Qizil maydondagi yaxmalakka Tarixiy muzey tomondan kirish qismida erkak o‘zining ustidan benzin quyib, hech qanday talab bildirmasdan, o‘ziga o‘t qo‘ygan.
Politsiyachilar olovni o‘chirib, tez yordamni chaqirgan. Shifokorlar tanasining to‘qqiz foizi kuygan jabrlanuvchini kasalxonaga yotqizdi.
Uning yonidan kaltaklash uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan psixiatrik ekspertizadan o‘tish haqidagi sud qarori topilgan.
Izoh (0)