Kreml OAVning Eron “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general-mayor Qosim Sulaymoniyning Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Rossiyaga tashrif buyurganligi haqidagi xabarini rad etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Uchrashuv haqiqatan bo‘lib o‘tganmi, degan savolga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Yo‘q”, — deb javob berdi.
Eronning Fars agentligi dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Putin va Sulaymoniy o‘rtasidagi uchrashuvda Suriya, Iroq, Yaman va Livandagi vaziyat muhokama etilganligi haqida xabar bergan edi.
Eronning “Al-Quds” bo‘linmasi harbiy razvedka va maxsus operatsiyalar bilan shug‘ullanadi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron oliy rahbari Ali Hameniyga bo‘ysunadi.
Izoh (0)