China Southern Airlines aviakompaniyasi va uning shu’ba korxonasi bo‘lgan Xiamen Airlines 110 ta Boeing samolyotlarini xarid qiladi. Bu haqda kompaniya bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
China Southern Airlines 30 ta Boeing-737NG rusumli va 50 ta Boeing-737MAX rusumli samolyotga buyurtma berdi. Yana 30 ta so‘nggi modeldagi avialaynerlar Xiamen Airlines aviaparkini to‘ldiradi.
Bitimning umumiy narxi 10,1 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, buyurtma qilingan samolyotlar China Southern samolyotlar majmuining yo‘lovchi tashish qobiliyatini 11,7 foizga oshiradi.
Yangi samolyotlarni yetkazib berish jarayoni 2017-yildan 2021-yilgacha davom etishi kutilmoqda.
Izoh (0)