“Barselona” hujumchisi Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “Guanchjou Evergrand” darvozasiga uchta gol kiritdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Luis Suares ushbu gollari bilan 2000-yilda tashkil etilgan musobaqada xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida gol urishga muvaffaq bo‘lgan ilk urugvaylik o‘yinchi ham bo‘ldi.
1962-yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning eskicha shaklida “Santos” hujumchisi Pele uchta gol kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “Barselona” klubi Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Izoh (0)