Kanada kompaniyasi Pekinda toza havo joylangan ballonchalarni muvaffaqiyatli sotishga erishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Kompaniya rahbariyati vakillarining so‘zlariga qaraganda, bu loyiha dastlab hazil tariqasida boshlangan, biroq butilkalarning birinchi partiyasi Xitoy poytaxti iste’molchilari orasida tezda sotilib ketgan.
Kanadaliklar Xitoyda sotayotgan havo Shimoliy Amerikadagi Qoyali tog‘lardan to‘ldirilgan.
The Daily Mail gazetasining ma’lum qilishicha, dastlab Vitality Air kompaniyasi eBay orqali havo paketlarini 0,99 dollardan sotgan. Endi esa hajmiga qarab butilkaning qiymati 46 dollargacha yetmoqda. Bu 400 yuanga teng bo‘lib, 2 yuan atrofida turuvchi mineral suvdan 200 marta qimmatroqdir.
Eslatib o‘tamiz, Pekinda 6-dekabr kuni havoning ifloslanganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – “qizil” darajasi e’lon qilingan edi.
Izoh (0)