14-dekabr, dushanba kuni Filippin orollariga bostirib kelgan “Melor” to‘foni suv toshqinlarini keltirib chiqarganligi oqibatida qurbonlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Agentlikning ma’lum qilishicha to‘rt nafar kishi Mindoro orolida halok bo‘lib, yana besh kishi Shimoliy Samar provinsiyasida tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Luson oroli ma’muriyatining ta’kidlashicha, yana besh nafar baliq ovchisi Olbey ko‘rfazida bedarak yo‘qolgan.
Dushanba kuni Filippin hukumati mamlakatning sharqiy sohillarida juda xavfli darajadagi po‘rtana tahdidi paydo bo‘lganligi haqida ogohlantirgan. Tayfun sababli 800 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)