Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari oxirgi sutkalar ichida mamlakatning sakkizta viloyatida o‘tkazilgan maxsus aksilterrorchilik operatsiyalari davomida 33 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi rasmiy sayti ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Operatsiyalar Qunduz, Qandahor, Uro‘zgon, G‘azni, Xust, Paktiya, Hirot va Gilmend viloyatlarida amalga oshirilib, natijada 33 nafar qurollangan jangari yo‘q qilindi. Bundan tashqari, ularning 41 nafari yaralangan”, — deyiladi IIV xabarida.
Aksilterrorchilik operatsiyalarida afg‘on armiyasi askarlari Milliy xavfsizlik direktorati bilan birgalikda qatnashdi. Reydlar chog‘ida yengil va og‘ir qurol-aslahalar topilib, musodara etildi.
Izoh (0)