Tailand fuqarosi qirol va uning iti haqidagi hajviy maqolani Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida joylashtirganligi uchun “janobi oliylari”ni haqorat qilganlikda ayblanib 37 yil muddatga ozodlikdan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda ayblanuvchining advokati bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
27 yoshli Tailand fuqarosi Tanakorn Siripaybunga bir qator boshqa ayblovlar ham qo‘yilgan bo‘lib, jumladan, u qayta ishlangan qirol suratining ostida “menga yoqdi” belgisini qo‘yib, suratni do‘stlari bilan o‘rtoqlashganligi, mamlakatda poraxo‘rlikning avj olganligini aks ettiruvchi chizmani chizib tarmoqqa chiqarganligi kabi kompyuter jinoyatlarini sodir qilganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)