Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Suriyadagi harakatlarga jalb etilgan rossiyalik harbiylarga nisbatan “rasmiy Anqaraning o‘ylamasdan qilingan harakatlarining halokatli oqibatlari” to‘g‘risida Turkiyani ogohlantirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
13-dekabr, yakshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi harbiy-dengiz attashesi Axmet Gyuneshni chaqirtirdi. U bilan Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov suhbatlashdi.
Uchrashuv uchun Egey dengizidagi hodisa sabab bo‘ldi. 13-dekabr tongida Turkiya baliq ovlovchi kemasi Rossiyaning “Smetliviy” qo‘riqchi kemasiga yaqinlashib kelgan va faqat ogohlantiruvchi o‘q uzishlardan keyingina o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hodisani provokatsiya sifatida baholadi. Vazirlik bayonotida faqat baxtli tasodif tufayli fojianing oldi olinganligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)