KXDR rahbari Pxenyanda bo‘lib o‘tgan koreyalik moliyachilarning uchinchi konferensiyasi ishtirokchilariga murojaatida farovon davlatni tezkorlik bilan barpo etish uchun mamlakat moliya tizimida keskin choralar zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Ishonchli moliyalashtirish manbalari milliy salohiyatni kuchaytirish yo‘li bilan xalq jannatini yaratish va buyuk farovonlikka erishish uchun zarurdir”, — dedi u.
KXDR bosh vaziri o‘rinbosari Ro Du Chxol mamlakatning moliya sohasidagi barcha muvaffaqiyatlariga Kim Ir Sen, Kim Chen Ir va Kim Chen Inning harakatlari tufayli erishilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)