Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya yadro strategik kuchlari qurilmalarining 95 foizdan ortig‘i jangovar holatga shay ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar beradi.
“Strategik yadro kuchlari yadroviy to‘xtatib turish masalalarini kafolatli hal etish imkonini beradigan darajada saqlanmoqda. Strategik maqsadli raketa kuchlarini ishga tushiruvchi qurilmalarning 95 foizdan ortig‘i jangovar qo‘llash uchun doimiy shay holatdadir”, — dedi Mudofaa vazirligi rahbari.
Sergey Shoygu, shuningdek, Rossiya qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining 90 foizga to‘ldirilganligi, shartnoma asosida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning ulushi bir yil ichida o‘n foizga oshganligini ta’kidlab o‘tdi.