Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Media-Kavkaz” tanlovidagi “Shimoliy Kavkazdagi yil odami” ruknining maxsus sovriniga ega bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Taqdirlash marosimi Pyatigorsk shahrida, Shimoliy Kavkaz OAVning Uchinchi forumi yopilishida bo‘lib o‘tdi.
Qodirovning o‘zi marosimda ishtirok etolmadi. Uning mukofotini Milliy siyosat, matbuot, tashqi aloqalar va axborot ishlari bo‘yiсha Checheniston Respublikasi vazir o‘rinbosari Lyoma Gudayev oldi.
Bundan tashqari, 10-dekabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Prometey-2015” Umumrossiya internet-mukofotining taqdimotida Qodirovga “Yil shaxsi” maxsus ruknining mukofoti berilgan edi.
“Prometey” internet-mukofoti 2011-yildan boshlab texnologik, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy, ta’lim yoki sog‘liqni saqlash sohasida odamlar hayotiga qo‘shgan hissasi uchun saytlarga, mobil ilovalarga, internet-loyihalarga va Shimoliy Kavkaz Federal okrugining OAVga beriladi.
Bu yil mukofot Umumrossiya maqomiga ega bo‘ldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk viloyati va mamlakatning boshqa hududlaridan Shimoliy Kavkazga kelgan mehmonlar mukofot laureati bo‘ldi.