Suriya prezidenti Bashar Asad Vashington va Ar-Riyod uni terrorchilar bilan muzokaralar o‘tkazishga majbur qilayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Ular Suriya hukumatining terrorchilar bilan muzokaralar olib borishini istamoqda. Bunga hech bir davlat rozi bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman”, — dedi Asad.
Asad “muxolifat bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanligi, biroq bu aynan kimni muxolifat, deb hisoblashga bog‘liq ekanligini” ta’kidlab o‘tdi.