Turkiyada davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish ishi bo‘yicha gumonlanuvchi Maxir Akkar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va RF Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan prokuraturaga murojaat qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Daily Sabah gazetasining ma’lum qilishicha, Akkar Putin va Antonovni “prezident Erdo‘g‘onni haqorat qilganlik” va “tuhmat” uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so‘ramoqda.
Akkar Anqara prokuraturasiga murojaatida prezidentni chegaradan chiqmaydigan darajada tanqid qilish mumkinligini bildirgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Akkarning prokuraturaga murojaat qilishiga RF prezidenti va Mudofaa vazirligi vakilining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning oila a’zolari IShID egallagan hududlardan qazib olinayotgan neft savdosiga aloqadorligi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan.