Singapurda keyingi yili amalga kiritilishi kutilayotgan haydovchisiz transport vositalarining yakuniy bosqichdagi sinovlari boshlandi. Bu haqda respublika Transport vazirligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Hozirda avtopilot boshqaruvida bo‘lgan transport vositalari ilmiy markazda va mashhur sayyohlik joyi hisoblangan “Ko‘rfaz bog‘lari”da sinovdan o‘tmoqda.
Ushbu avtomashinalarni 2016-yilning mart—aprel oylarida Sentos kurort orolidagi asosiy harakatlanish vositasiga aylantirish rejalashtirilgan.
Reja bo‘yicha birinchi bosqichda “aqlli” avtomashinalar orol bo‘ylab harakatlanganda shattl kosmik kemalari singari faqat bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga yura boshlaydi. Bundan tashqari, harakat qirg‘oq bo‘yida, boshqa transport vositalari va ko‘plab piyoda yo‘laklari bo‘lmagan yo‘lda tashkillashtiriladi.
Shundan so‘ng oradan taxminan 3—4 oy o‘tgach, avtopilot bilan boshqariladigan avtomobillar “an’anaviy” avtotransport vositalari harakatlanadigan odatiy yo‘llarga sinov tariqasida chiqariladi.
Izoh (0)