Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlariga tahdid qiluvchi barcha marralar qat’iy harakatlar bilan yo‘q qilinishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
RF prezidenti Suriyadagi terrorchilar Rossiya uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid ekanligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Rossiya harakatlari “qandaydir tushunarsiz, mavhum geosiyosiy manfaatlar, mashq qilish va yangi qurol tizimini sinab ko‘rish maqsadi”ga emas “mamlakatni himoya qilish” ga qaratilganligiga urg‘u berdi.
Bundan tashqari, Putin Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi harakatlarini Isroil qo‘mondonlik punktlari va AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bilan muvofiqlashtirish lozimligini qayd etdi.
Izoh (0)