Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligining kengaytirilgan kollegiyasida so‘zga chiqib, Rossiya “Suriya ozodlik armiyasi”ga moddiy-texnik yordam ko‘rsatayotganligini, shu jumladan, uni qurol bilan ta’minlayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
“Aviaguruhimizning faoliyati hukumat qo‘shinlarining harakatlarini ham, ‘Suriya ozodlik armiyasi’ning harakatlarini ham birlashtirishga olib keldi”, ― dedi prezident.
“Biz ularga qurol-yarog’, o‘q-dori va moddiy ashyolar bilan yordam bergan holda, ularni, Suriya armiyasining kabi, havodan turib qo‘llab-quvvatlayapmiz”, ― deyilmoqda Putinning chiqish so‘zi matnida.
“Suriya ozodlik armiyasi” Suriya armiyasining sobiq zobitlari tomonidan 2011-yilda tashkil topgan. Armiya Suriya prezidenti Bashar Asadning hukumat armiyasiga qarshi jang qilib, AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Izoh (0)