Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qizil libosi kimoshdi savdosida sotiladi. Bu haqda xonandaning o‘zi RedPen nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Lola Yuldasheva

Foto: Facebook / Lola Yuldasheva

Nashr muxbirining: “Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qizil libos bilan bog‘liq voqealardan ijobiy xulosa chiqarib oldingizmi?”, — degan savoliga, xonanda: “Qizil latta rolini o‘ynagan ko‘ylakni aytyapsizmi?”, — deb javob bergan.

“Shkafda turibdi. Aytgancha, kimoshdi savdolarini uyushtirish va mashhurlarning buyumlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi bir tashkilot yaqinda men bilan aloqaga chiqdi. Olinglar, dedim. Savdodan tushgan pul xayriyaga sarflanadi. Balki shunda undan biror foyda chiqar”, — dedi Lola.

“Aslida bu libosni katta zavq bilan kiygandim. Sahnaga nimaiki kiyib chiqayotgan bo‘lsam, ularning bari obraz. Aslo fitna yo ig‘vo emas, aksincha, o‘ynashga hozirlik ko‘rayotgan rolimni to‘ldiruvchi nomerning bir qismi, xolos”, — dedi xonanda.

Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2015-yil fevralida bo‘lib o‘tgan konsertida xonanda Lola tomonidan kiyib chiqilgan libos shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Mart oyida Lola Yo‘ldosheva “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga “milliy mentalitetga zid” liboslarni boshqa kiymaslikka va’da bergani ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida “O‘zbeknavo” xonandaning litsenziyasini tugatganini e’lon qildi va izoh berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi