Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligini Uzinfocom markazi “Constitution.uz” saytini ishga tushirish bilan nishonladi.
Sayt ishga tushishi bilan “O‘zbekiston Konstitutsiyasi” mobil dasturi ham ishga tushirildi. Loyihalarning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, aholining huquqiy bilimi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, veb-sayt orqali O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro deklaratsiya, konstitutsiyani aholi qatlamlari orasida targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar bilan tanishish mumkin. Bundan tashqari, sayt foydalanuvchilarga video va audio materiallarni taqdim etadi.
“Constitution.uz” saytining o‘zbek, rus va ingliz tilidagi versiyalari mavjud. Dasturni Google Play orqali yuklab olish mumkin.
Izoh (0)