Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyani uning mamlakatida ikkinchi harbiy baza qurishni rejalashtirayotganligi haqidagi xabarlarni rad qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
“Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ikki kun oldin buni ularning o‘zi rad etgan edi. Agar biror narsa bo‘lganda, bu haqda e’lon qilinar edi. Biz ham o‘sha vaqtda e’lon qilar edik”, ― dedi Asad.
Uning ta’kidlashicha, Eronning ham Suriyada baza qurish niyati yo‘q. “Yo‘q, ular hech qachon bu haqda o‘ylamagan, bu masalani ko‘tarib chiqmagan va muhokama qilmagan”, ― dedi Asad.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Rossiya Suriyada yangi aviabazasini joylashtirmoqchi ekanligi haqida OAVda paydo bo‘lgan ma’lumotlarni rad etgan edi.
Izoh (0)