Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Suriya hududida “etnik tozalash”ni amalga oshirayotganligi to‘g‘risidagi Rossiyaga nisbatan ayblovni asossiz va nojo‘ya ayblov deb atadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Avvalroq Turkiya bosh vaziri G‘arb jurnalistlariga Rossiya Latakiya shimolida etnik tozalash o‘tkazayotganligini ma’lum qilgan edi.
U, shuningdek, Rossiya aviahujumlari oqibatida millionlab yangi qochoqlar Aleppodan Latakiyagacha bo‘lgan hududni tark etishga urinishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Zaxarovaning so‘zlariga qaraganda, bu bayonot Turkiya rahbariyatining hayotdan, reallikdan to‘liq uzoqlashganligini anglatadi.
Izoh (0)