Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Iroqning shimolida qaror topgan harbiy bazadagi turkiyalik qo‘shinlar mamlakat prezidenti Fuad Masumning iltimosiga ko‘ra joylashtirilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
“Iroq prezidenti Fuad Masum 2014-yilda bizdan iltimos qilganligi sababli harbiy bo‘linmalarimiz Bashik shahriga joylashtirildi”, ― deya ma’lum qildi Erdog‘on.
2015-yil 4-dekabrda IShID egallab olgan Mosul shahriga hujum qilish maqsadida kurd jangchilarini tayyorlab kelgan Turkiya kurdlarning “peshmerg” lagerida o‘zining qurolli kuchlaridan iborat bo‘lgan bir guruhni, shu jumladan, 130 ga yaqin askar, tank va artilleriyani joylashtirdi.
Keyinchalik, Iroq Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning Bag‘doddagi elchisini chaqirib, Turkiyaga Iroqning shimolidagi harbiylarini darhol olib chiqib ketishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya hukumati 6-dekabr, yakshanba kuni Iroqning shimoliga qo‘shimcha askar yuborish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)