Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill 2016-yilda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy 9-dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo mitropolit okrugi kengashi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Foto: “Patriarchia.ru”

Foto: “Patriarchia.ru”

Rus Pravoslaviye Cherkovi rahbari Toshkent yeparxiyasiga yeparxiyaning 145 yilligi va O‘rta Osiyo mitropolit okrugining 5 yilligini nishonlash doirasida tashrif buyuradi.

Nashr eslatishicha, 2011-yilda Toshkent yeparxiyasi patriarx Kirill kelishiga tayyorgarlik ko‘rgan, biroq tashrif amalga oshmagan edi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing