AQShning Kolorado-Springs shahridagi oilani rejalashtirish shifoxonasiga hujum qilganlikda ayblangan Lyuis Diar sudda aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda The Gazette bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Men aybimga iqrorman. Sud o‘tkazish kerak emas. Men bolalar uchun kurashdim”, ― dedi Diar.
Ta’kidlanishicha, u hujum qilgan klinikada qilingan abortlarga qarshi bo‘lgan. Diar shuningdek, sudyaga bu muassasada qancha bola qurbon bo‘lishi mumkinligini hisoblab ko‘rishni taklif qildi.
Kolorado-Springsdagi oilani rejalashtirish markazi atrofida sodir bo‘lgan otishma natijasida uch kishi halok bo‘lib, 11 kishi tan jarohati olgan.
Izoh (0)