Yaponiya hukumati Okinavadagi Ginovan shahrida joylashgan Amerikaning “Futemma” bazasi o‘rnida Disneylendga o‘xshash attraksionlarga ega ko‘ngilochar bog‘ning qurilishi uchun har tomonlama yordam berishga tayyor. Bu haqda Tokiodagi matbuot yig‘ilishida vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz shahar ma’muriyatidan ‘Futemma’ bazasining o‘rnida Disney bog‘ini yaratish haqida taklif oldik va hukumat tomonidan qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatmoqchimiz”, — dedi Suga.
Kuni kecha bosh kotib shahar meri Atsusi Sakima bilan uchrashib, shahar hukumati tomonidan hozir AQSh Harbiy-dengiz kuchlari aviabazasi joylashgan hududda, baza boshqa joyga ko‘chirilgandan so‘ng, ko‘ngilochar bog‘ qurish haqida taklif oldi.
Bugungi kunda mavjud rejaga muvofiq baza 2019-yilning fevraliga qadar yopilishi lozim. Buning uchun u boshqa joyga ko‘chirilishi lozim. Hukumat harbiy bazani Okinava prefekturasining Nago shahridagi Xenoko tumaniga ko‘chirishni rejalashtirmoqda.