9-dekabr, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukrainaning Xarkov shahridagi Roshen do‘koni ichida portlash yuz berdi. Bu haqda politsiya viloyat boshqarmasining aloqa bo‘limi bergan ma’lumotlarga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Noxush hodisa tufayli fuqarolardan hech kim zarar ko‘rmagan. Portlash to‘lqini deraza va kirish eshigining oynalarini parchalab yuborgan.
Boshqarma rahbariyati, politsiyaning tezkor qidiruv guruhi, Ukraina xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari voqea joyiga yetib keldi.
Ayni paytda, huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari yaqin atrofdagi hududni ko‘zdan kechirmoqda.
Izoh (0)