Eron o‘rta masofa turkumidagi yangi ballistik raketani 2015-yil 21-noyabrda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Xabar berilishicha, sinovlar Eron hududida o‘tkazilgan.
Avvalroq sinov Eronning janubi-sharqidagi Chabaxar shahrida, Pokiston chegarasiga yaqin joyda o‘tkazilganligi haqida Fox News telekanali xabar bergan.
Ghadr-110 nomi bilan tanilgan raketa 1800—2000 kilometr masofagacha uchishi, yadroviy zaryad berishi mumkin. Eronning shunga o‘xshash Shahab 3 nomli raketasini 2015-yil 10-oktabrda sinovdan o‘tkazishi BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarining jiddiy noroziligini keltirib chiqargandi.
BMT Xavfsizlik Kengashining 2010-yildagi rezolyutsiyasi Eronga har qanday ballistik raketa sinovlarini o‘tkazishni taqiqlaydi. Taqiq 2015-yil 14-iyulda Tehron va xalqaro vositachilar “oltiligi” o‘rtasida tuzilgan yadroviy bitim amalga oshirilguncha o‘z kuchida bo‘ladi.
Izoh (0)