Fransiyalik olim Paskal Kotte mashhur rassom Leonardo Da Vinchining “Mona Liza” portreti ostida yana bir surat topganligini ta’kidladi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Kottening aytishicha, u yorug‘likni aks ettirish usulini qo‘llab ushbu suratni o‘n yil davomida o‘rgandi.
2004-yilda Fransiyaning Luvr muzeyi Kottega portret bilan ishlashga ruxsat bergach, u o‘zi kashf qilgan va surat qatlamlarini kuchaytirish texnologiyasi (Layer Amplification Method) yordamida bir nechta surat oldi. Bu usul suratga kuchli nur yo‘llab, ushbu nurning tasvir yuzasidagi aksini hisoblash imkonini beradi. Kottening ta’kidlashicha, u shu yo‘l bilan “Mona Liza” portreti ostidagi suratni rekonstruksiya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Rekonstruksiyada yonga qarab turgan odamning tasviri ko‘rinadi. Bundan tashqari, portretda Mona Lizaning mashhur tabassumi yo‘q.
Kottening ta’kidlashicha, olingan suratdagi ayol, Da Vinchi qarab chizgan deb taxmin qilib kelinadigan Luiza Jerardiniga o‘xshamaydi.
Luvr muzeyi Kottening bayonotiga sharh berishdan bosh tortdi.
[embed]https://youtu.be/rF71y5L_U44[/embed]
Izoh (0)