Echki Timur va yo‘lbars Amur Rossiyaning Primorye o‘lkasidagi safari bog‘ida bir-biri bilan o‘ynay boshladi. Bu haqda park direktori Dmitriy Mezensev bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
[embed]https://youtu.be/8j9g7cd8PoQ[/embed]
Yirtqich hayvon do‘stining tuz-yalagichidan o‘yinchoq sifatida foydalangan.
Bog‘ning internet saytida joylashtirilgan videoda echki va yo‘lbarsning o‘ynayotganliklaridan lavhalar keltirilgan. Ta’kidlanishicha, hayvonlar ilgari ham bir-biri bilan o‘ynab turgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-dekabr, juma kuni yo‘lbars Amur bilan do‘stlashib qolgan echki Timurga umumiy volyerda yo‘lbarsnikiga yondosh bo‘lgan yotoq joyi qurishga qaror qilingan.
Izoh (0)