Noxush voqea Ruminiya chempionatining ikkinchi divizion uchrashuvida sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ruminiya chempionatining ikkinchi divizion uchrashuvida “Farul” jamoasining “Funerya”ga qarshi o‘yini davomida jamoalardan birining futbol ishqibozi maydonga yugurib chiqib, maydon egalarining darvozaboni Aleksandr Gudeyga hujum qildi.
Ishqiboz darvozabonni turta boshladi va hattoki uning yuziga urdi. Futbolchi esa asabga berilmay, bezori gazonga yiqilib tushgandan keyin unga nisbatan kuch ishlatmasa-da, maydondan chetlashtirish yo‘li bilan jazolandi.
O‘yin mehmonlar ― “Funerya” futbol klubi foydasiga 6:2 hisob bilan yakunlandi.
Izoh (0)