Britaniyalik astronavt Timoti Pik Xalqaro kosmik stansiya bortida marafon yugurishini amalga oshirgan birinchi erkak bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Pik 2016-yilning 24-aprelida London marafoni o‘tkazilayotgan vaqtda yugurishni rejalashtirmoqda. Vaznsizlikni yengish uchun Pik maxsus tasmalardan foydalanadi. Ular astronavtga yugurish yo‘lagida kerakli holatni ushlab turishga yordam beradi.
1999-yilda astronavt London marafonini 3 soatu 18 daqiqada yugurib o‘tgan edi.
“Shaxsiy rekordlar o‘rnatish niyatim yo‘q. O‘z oldimga uch yarim—to‘rt soatda yugurib o‘tishni maqsad qilib qo‘ydim”, — deydi Pik.
Hozirgi paytda NASA astronavti Sunita Uilyams kosmosda marafonni yugurib o‘tgan yagona odam hisoblanadi.
Izoh (0)