Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi (XBTA) Britaniya elchixonasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaga biznes-sayohat tayyorlamoqda, u 26-yanvardan 2-fevralgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. Delegatsiya yo‘nalishi London, Kembridj va Edinburg shaharlarini o‘z ichiga oladi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

3-dekabr kuni tur ishtirokchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida mahalliy tadbirkorlar Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Kristofer Allanga murojaat qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishi mumkin bo‘ldi.

“Ishonch bilan ayta olamanki, sayohat dasturiga kiritilgan kompaniyalar nafaqat Britaniyada, balki butun dunyodagi eng yaxshilaridir. O‘zbekistonlik tadbirkorlarda yangi malakalarga va, albatta, o‘z biznesi uchun yangi impulsga ega bo‘lish imkoniyati borligidan mamnunman”, — dedi Allan.