“Mir tesen” nashri Hindiston haqidagi 10 ta hayratlanarli faktni taqdim etdi.
1. Yaqin uch yil ichida butun dunyodagi yangi ishchilarning 25 foizi hindistonlik bo‘ladi.
2. Dunyodagi qashshoq aholining 42 foizi Hindistonda yashaydi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, bu kuniga 1,25 dollarga yashaydigan 450 milliondan ziyod kishidir.
3. Hindistonda 2007—2020-yillar davrida kishi boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 4 marta o‘sishi kerak.
4. Hindistonning texnologik poytaxti Bangalorda ofislar soni so‘nggi bir necha yil ichida 6 marta ko‘paydi. Hozirda Hindiston nufuzli ofislar soni bo‘yicha Singapur bilan raqobatlasha oladi.
5. Butun dunyo bo‘yicha shtatdan tashqari IT-xizmatlarning yarmi Hindistondan ko‘rsatiladi. Ularning qiymati 47 milliard dollarga baholanmoqda.
6. Hindiston jahonda qurolni import qilish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. U so‘nggi o‘n yillikda mudofaa uchun 50 milliard dollar sarfladi.
7. Mamlakat yiliga 12 million tonna mango yetishtiradi, bu 80 mingta moviy kit og‘irligiga tengdir.
8. Cherapunji shahri Yer yuzidagi eng nam joydir, u yerda yiliga 1000 sm yog‘ingarchilik yog‘adi. Bu kontinental Amerikadagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan Mobil shahridagidan 6,3 marta ko‘p demakdir.
9. Bu yerda kino bozori Amerika va Kanadaning birgalikdagi kino sanoatidan kattaroqdir. So‘nggi yillarda Hindiston har yili kinoteatrlarda 3,2 milliard dona chipta sotadi.
10. Hindiston aholisining o‘rtacha yoshi Yaponiyadagidan 20 yilga yoshroq (26 yoshga 45 yosh). Hindlar, shuningdek, xitoyliklardan qariyb 10 yilga yoshroqdir.
Izoh (0)