Parijda 29-noyabr, yakshanba kuni BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasi ochilishidan avval tashkil etilgan tinch namoyish tartibsizliklarga aylanib ketgan edi. Tartibsizlik ishtirokchilaridan ikki nafari sudda javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi “TASS”.
28 yoshli erkakka nisbatan uch yillik qamoq jazosi tayinlandi. U tartib qo‘riqchilariga qarata shisha butilkani otib yuborishi natijasida ulardan birining labini yorganlikda ayblanmoqda.
Ikkinchi hukm 25 yoshli qizga nisbatan chiqarildi. U barmoq izlarini olish jarayonidan bosh tortganligi uchun ming yevro miqdoridagi jarima to‘lash majburiyatini oldi.
Nashrning ma’lum qilishicha, tartibsizliklar oqibatida qo‘lga olingan 300 dan ortiq kishining aksariyati 30-noyabr, dushanba kuni qo‘yib yuborilgan. Yana ikki kishi hamon qamoqda saqlanmoqda.
Izoh (0)