Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi internet-kuzatuv tizimidan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritishga qaror qildi. Buning uchun u 2,4 million rubl to‘lashga tayyor, deb xabar beradi Meduza.
Arizaga muvofiq, bu tizim ijtimoiy tarmoq va OAVdagi barcha xabarlarni kuzata olishi, shuningdek, ularni bir yarim oydan kam bo‘lmagan muddat mobaynida saqlay olishi lozim. Tergov qo‘mitasi servis orqali alohida kishilarning chop etgan xabarlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lish, shuningdek, 282-“ekstremistik” modda talablarini buzgan xabarlar tasmasini avtomatik shakllantirishni istamoqda.
Bundan tashqari, RF Tergov qo‘mitasi tizim xabarlar asosida qonunga xilof harakatlar to‘g‘risida ma’lumot bera olish imkoniga ega bo‘lishini xohlamoqda.
Izoh (0)