Warner Bros. kompaniyasi YouTube’dagi rasmiy kanalida “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” filmining yangi tizerini taqdim etdi. Bu haqda “Afisha” xabar beradi.
Tizerda Supermen zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilgan Betmenning yoniga keladi va uning niqobini yulib oladi.
Film kino ishlab chiqarish tarixidagi eng qimmat kino nomi uchun da’vogarlik qilmoqda.
Ikki super qahramonning bir-biriga qarshi kurashi haqidagi film premyerasi 2016-yilning 24-martida bo‘lib o‘tadi.
https://www.youtube.com/watch?v=6as8ahAr1Uc
Izoh (0)